Turkiya, xavfsiz hudud masalasida chalg’itishlarga yo’l qo’ymaydi

Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati kotibi Hami Aksoy, haftalik matbuot anjumanida Amerika Qo’shma Shtatlari nomidan bir guruh harbiy hay’atining “xavfsiz hudud” masalasi ustidan 5-avgust kuni poytaxt Anqaraga tashrif buyurishini ma’lum qildi.

1246855
Turkiya, xavfsiz hudud masalasida chalg’itishlarga yo’l qo’ymaydi

Turkiya, Suriya chegarasida tashkil etilishi ko’zda tutilgan xavfsiz hudud masalasida chalg’itishlarga yo’l qo’ymasliklarini qayd etdi.

Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati kotibi Hami Aksoy, haftalik matbuot anjumanida Amerika Qo’shma Shtatlari nomidan bir guruh harbiy hay’atining “xavfsiz hudud” masalasi ustidan 5-avgust kuni poytaxt Anqaraga tashrif buyurishini ma’lum qildi.

Aksoy, AQShning Suriya masalalari bo’yicha maxsus vakili James Jeffreyning Turkiyaga bo’lgan tashrifi chog’ida turli yig’ilishlar o’tkazilganligini eslatib o’tgan holda, xavfsiz hudud va Suriya munozarasining har tomonlama qo’lga olinganligini o’z so’ziga ilova etdi.

Ifoda etilishicha mazkur yig’ilishlarda Turkiya tomonidan AQShdan eng asosiy nimalar kutilyotganligi takror yetkazilgan. Ular orasida hudud terangligining 32 kilometrni tashkil etishi, nazoratining Turkiyaning qo’lida bo’lishi va PYG/ YPG terror tashkilotining hududni tark etishi masalalari o’rin olgan.

Xavfsiz hudud masalasida AQSh tomonidan taqdim etilgan takliflarning esa qabul qilinishi imkonsiz ekanligini ham belgilab o’tgan Aksoy,

“Yangi takliflarni qo’lga olamiz. Chalg’itish jarayoniga aylanishini xohlamaymiz” dedi.

Aksoy shuningdek,

“AQSh bilan til topisholmasak (Suriya chegarasi masalasida) unda xavfsiz hududni bir o’zimiz tashkil etishga majburmiz. Buni har doim amerikalik hay’atga uqtirib kelyapmiz.Tashrif qilishi kutilgan AQSh harbiy hay’ati bilan uchrashuvlar davom etadi” deya gapirdi.


Tanlangan kalimalar: #Hami Aksoy , #Turkiya , #AQSh , #xavfsiz hudud

Aloqador xabarlar