Turkiyaning Iroq bo’yicha maslahatchisi Veysel Erog’li Bog’dodga safar qildi

Veysel Erog’lining Iroq prezidenti Barhom Solih, bosh vazir Odil Abdulmehdiy va suv manbalari vaziri Jamol Odiliy bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

1245393
Turkiyaning Iroq bo’yicha maslahatchisi Veysel Erog’li Bog’dodga safar qildi

 

Turkiyaning Iroq bo’yicha maslahatchisi Veysel Erog’li rasmiy tashrif bilan Iroq poytaxti Bog’dodga safar qildi.

Veysel Erog’li Bog’dod xalqaro aeroportida Iroq suv manbalari vaziri o’rinbosari Taha Dira va Turkiyaning Bog’doddagi favqulodda va muhtor elchisi Fatih Yildiz tomonidan kutib olindi.

Veysel Erog’lining Iroq prezidenti Barhom Solih, bosh vazir Odil Abdulmehdiy va suv manbalari vaziri Jamol Odiliy bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Bo’lib o’tadigan uchrashuvlarda ikki davlat o’rtasidagi suv masalasining muhokama qilinishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Bog'dod , #Iroq , #Veysel Erog’li

Aloqador xabarlar