Hakkarida PKK terror tashkiloti 1 askarni shahid qildi

Turkiyaning Hakkari viloyatining chegara hududida PKK terror tashkiloti a’zolari tomonidan uyushtirilgan hujum ortidan to'qnashuv kelib chiqdi.

1243090
Hakkarida PKK terror tashkiloti 1 askarni shahid qildi

Turkiyaning Hakkari viloyatining chegara hududida PKK terror tashkiloti a’zolari tomonidan uyushtirilgan hujum ortidan kelib chiqqan to’qnashuvda bir askar shahid bo’ldi. Shahid bo’lgan askardan tashqari yana bir askar tan jarohati oldi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra Hakkarining Chukurja tumanidagi chegara hududida PKK terror tashkiloti a’zolari tomonidan uyushtirilgan hujum ortidan to’qnashuv kelib chiqqan.

Mazkur to’qnashuvda bir askarning shahid qilinganligini ma’lum qilgan vazirlik, askarlardan birining esa tan jarohati olganligini o’z so’ziga ilova etdi.

Mintaqada havodan qo’llab-quvvatlangan amaliyotlarning davom etganligi eslatib o’tilgan bayonotda, hujumni uyushtirgan 3 terroristning Iroqning shimolidagi Zap mintaqasidan topilib, yo’q qilinganligi ifoda etildi.  



Aloqador xabarlar