Arbildagi Turk diplomatini shahid qilgan terroristlarga qarshi uyushtirilgan hujum natija topdi

Turk Qurolli kuchlari bilan Milliy Razvedka tashkiloti hamkorligida olib borilgan amaliyot ikki boshqa kunda amalga oshirildi.

1242402
Arbildagi Turk diplomatini shahid qilgan terroristlarga qarshi uyushtirilgan hujum natija topdi

Shimoliy Iroqning Arbil shahrida Turk konsulligi xodimi shahid qilingan hujumni rejalashtirganligi aniqlangan 2 terrorist yo’q qilindi.

Turk Qurolli kuchlari bilan Milliy Razvedka tashkiloti hamkorligida olib borilgan amaliyot ikki boshqa kunda amalga oshirildi.

Amaliyotlardan biri hujumga qo’l urilgan kunning ertasi yani 18-iyul kuni uyushtirildi.

Razvedka faoliyatlari natijasida PKK terror tashkilotining hududdagi yetakchilaridan biri ekanligi iddio etilgan terrorist o’qqa tutildi.  

Davom etayotgan amaliyotlar natijasida kecha ham PKK terror tashkilotiga a’zo terroristlardan yana biri yo’q qilindi.

Aytib o’tish joizki shu yilning 17-iyuli kuni Arbilning gavjum ko’chalaridan biri hisoblangan aeroport prospektidagi restoranlardan biriga harbiy bo’lmagan kiyimda kirgan 2 terrorist, nonushta qilish uchun stolda o’tirgan Turkiyaning Arbil Bosh konsulligida ishlagan diplomat O’sman Ko’sega o’q uzib qochgandi.  

Hujumda Ko’sedan tashqari 2 nafar Iorq fuqarosi ham jon bergan.



Aloqador xabarlar