S-400 qismlarini keltirgan 15-samolyot Ankaradagi “Myurted” aviabazasiga qo’ndi
S-400 qismlari belgilangan reja asosida qattiq xavfsizlik chora tadbirlari olingan holda Turkiya olib kelinmoqda va “Myurted” aviabazasida saqlanmoqda.
1237595
Rossiyadan xarid qilingan S-400 zenit raketa majmualarini Turkiyaga keltirish jarayoni davom etmoqda.
Eslatish joizki, Turkiya 12 iyuldan e’tiboran S-400 qismlarini ola boshladi.
S-400 uzun masofali raketa mudofaa tizimiga oid texnik qismlar yuklangan 15-samolyot poytaxt Ankaradagi “Myurted” aviabazasiga qo’ndi.
S-400 qismlari belgilangan reja asosida qattiq xavfsizlik chora tadbirlari olingan holda Turkiya olib kelinmoqda va “Myurted” aviabazasida saqlanmoqda.
S-400 majmualarini Turkiyaga keltirish va uni qurish ishlari uch bosqichda amalga oshiriladi.
S-400 majmualari tarkibiga kiruvchi eng nozik qismlar bo’lgan raketalar esa dengiz orqali olib kelinadi.
Qismlar birlashtirilgach, o’rnatiladigan joyda quriladi.