Iroqda suiqasd qurboni bo'lgan Turkiya elchixonasi xodimining janozasi keltirildi

Kecha, 17 iyul kuni Iroqning Erbil shahridagi Turkiya elchixonasida faoliyat ko’rsatgan turk diplomat restoranga kelgan paytda qurolli hujumga uchradi va voqea joyida halok bo’ldi.

1237537
Iroqda suiqasd qurboni bo'lgan Turkiya elchixonasi xodimining janozasi keltirildi

 

Iroqning Erbil shahrida sodir etilgan qurolli hujumda halok bo’lgan Turkiya elchixonasi xodimining janozasi Turkiyaga olib kelindi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, halok bo’lgan turk diplomat Erbildagi Rizgari shifoxonasida medekspertiza tekshiruvidan o’tkazildi.

Eslatish joizki, kecha, 17 iyul kuni Iroqning Erbil shahridagi Turkiya elchixonasida faoliyat ko’rsatgan diplomat restoranga kelgan paytda qurolli hujumga uchradi va voqea joyida halok bo’ldi. Shuningdek, u bilan birga kelgan Iroq fuqarosi ham halok bo’lgan.

 


Tanlangan kalimalar: #janoza , #Turkiya elchixonasi , #Erbil , #Iroq

Aloqador xabarlar