Mavlud Chavushog’li Falastin tashqi ishlar vaziri Riyod Al-Maliki bilan uchrashdi

“Falastin tashqi ishlar vaziri Riyod Al-Maliki bilan Isroilning Al-Qudsga nisbatan munosabatini muhokama qildik. Falastin davlati bilan falastinlik qardoshlarimizga doimo madadkor bo’lamiz”,-deb yozdi Mavlud Chavushog’li tvitterda.

1237309
Mavlud Chavushog’li Falastin tashqi ishlar vaziri Riyod Al-Maliki bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo’lib o’tgan Islom hamkorlik tashkilotining tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi favqulodda ijro qo’mitasi yig’ilishiga qatnashdi.

Mavlud Chavushog’li yig’ilish doirasida Falastin tashqi ishlar vaziri Riyod Al-Maliki bilan uchrashdi.

Mavlud Chavushog’li bu haqda o’zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Falastin tashqi ishlar vaziri Riyod Al-Maliki bilan Isroilning Al-Qudsga nisbatan munosabatini muhokama qildik. Falastin davlati bilan falastinlik qardoshlarimizga doimo madadkor bo’lamiz”,-deb yozdi Mavlud Chavushog’li tvitterda.

 



Aloqador xabarlar