Turkiyada terrorizmga qarshi kurash davom etmoqda

Terrorizmga qarshi kurash Turkiyada ham, chet elda ham uzluksiz davom etmoqda.

1235365
Turkiyada terrorizmga qarshi kurash davom etmoqda

Turkiyaning Van viloyatining Chaldiran tumanida davom etgan amaliyotda yo’lga qo’yilgan havo amaliyoti orqali PKK terror tashkilotiga a’zo yana 3 terrorist yo’q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida Twitter orqali berilgan bayonotga ko’ra Chaldiran tumanida davom etgan amaliyotlar doirasida havodan amaliyot uyushtirilgan.

Mazkur amaliyot natijasida PKK terror tashkilotiga a’zo yana 3 terrorist yo’q qilingan.

Iroqning shimolida terroristlar joylashib olgan mintaqalarga qarshi 12-iyul kuni boshlatilgan va “Panja-2” deb nomlangan harbiy harakat doirasida esa 4 terrorist yo’q qilingan. Ulardan biri yarador sifatida qo’lga tushirilgan.

Bu orqali “Panja” harbiy harakati doirasida yo’q qilingan terroristlar soni 68 nafarga yetdi.

Mazkur amaliyot doirasida terroristlarga oid ekanligi aniqlangan g’orlar, boshpana va ular ichidagi turli oziq-ovqatlar, rozg’or buyumlari ham foydalanishdan chiqarilgan.



Aloqador xabarlar