Turkiya, 15-iyul shahidlarining aziz xotirasini yodga olmoqda

Turkiya 15-iyul shahidlarining aziz xotirasini yodga olar ekan bugun bu haqida Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi rahbari professor Fahrettin Altun va Milliy Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqda post qoldirdi.

1234943
Turkiya, 15-iyul shahidlarining aziz xotirasini yodga olmoqda

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Twitter orqali 15-iyul kungi voqealar haqida post qoldirdi.

Mazkur postga Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi tomonidan 15-iyul kuni yuz bergan voqealar haqida tayyorlangan 2 daqiqa 20 soniyalik tasvirni ham ilova etgan Prezident Erdo'g’an,

“Shahidlarimizning aziz xotirasini va ularning qoni orqali saqlab qolingan bu tuproqlarni ko’z qorachig’imizdek asrashni davom etamiz. 15-iyulni unutmaymiz, unuttirmaymiz ham” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Mazkur voqea haqida Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi rahbari professor doktor Fahrettin Altun ham post qoldirar ekan Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi tomonidan tayyorlangan qisqa metrajli filmni ilova etdi.

Fahrettin Altun Twitterdagi postida,

“Ulardan minnatdormiz. Tuproqqa tushtilar lekin bayroqni tushirmadilar. Vatanni himoya qilishdan ortta qolmadilar. Har birining jasoratini, yigitligini ongimizda abadiy saqlaymiz. Bu tuproqlarni biz uchun vatanga aylantirganlarni salomlayman. Shahidlarimizning aziz xotirasini rahmat va minnatdorchilik bilan yodga olaman” dedi.  

15-iyul kungi voqeada shahid bo’lganlarning boshdan kechirgan hikoyalari to’plamida yaratilgan tasvirda, shahidlarga oid narsalar bilan ularning oilalarining xotiralari aks ettirilgan.

Shu bilan birga Milliy Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqda, 15-iyul shahidlari va g’oziylari uchun Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi tomonidan tayyorlangan qisqa metrajli film ham o’rin olgan post qoldirdi.

Unda,

“Fetullahchi terror tashkiloti tomonidan 2016-yilning 15-iyuli kuni qo’l urilgan to’ntarish tashabbusiga qarshilik ko’rsatgan xalqimizga hurmat ila salom yollar ekanmiz, vatan uchun jon bergan shahidlarimizni rahmat va minnatdorchilik bilan yodga olamiz. Qahramon g’oziylarimizga esa minnatdorchilik bildiramiz” degan ifodalarga o’rin berildi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar