Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li IKMM Bosh vaziri Masrur Barzoniyni tabrikladi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Iroq shimolidagi Kurd mintaqaviy ma’muriyati Bosh vaziri Masrur Barzoniy bilan telefon orqali muloqat qildi.

1234080

Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li mazkur muloqat chog’ida yangi vazifasi tufayli Barzoniyni tabriklagan.  

Iroq shimolidagi Kurd mintaqaviy ma’muriyati majlisi ko’pchilik ovoz bilan hukumatni tuzish vazifasini Barzoniyga topshirar ekan Barzoniyni ayni vaqtda Bosh vazir etib sayladi. Ortidan 21 vazirdan tashkil topgan kabinaga ham ishonch ovozi berdi.

Barzoniyning ko’pchilik ovoz bilan saylanishi ortidan majlis, hali hanuz nomi aniqlanmagan Neft va tabiiy manbaalar vaziridan tashqari 21 vazirga ishonch ovozi berdi.

Bu orqali 10 oydan beri kutilgan yangi kabina kecha tuzilgan bo’ldi.

Aloqador xabarlar