Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Bakir Izzetbegovichni qabul qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning Bosniya-Gersegovinaga amaliy tashrifi davom etmoqda.

1232516
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Bakir Izzetbegovichni qabul qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning Bosniya-Gersegovinaga amaliy tashrifi davom etmoqda.

Erdo’g’an poytaxt Sarayevoda xalqlar majlisi rahbari Bakir Izzetbegovichni qabul qildi.

Matbuotga yopiq ravishda bo’lib o’tgan uchrashuv taxminan 40 daqiqa davom etdi.

Ma’lumki, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Sarayevoda Janubi sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoni sammitida ishtirok etmoqda.

Ta'kidlanishicha, sammitga tashrif buyurgan bir qator davlat rahbarlari bilan Erdo'g'an o'rtasida uchrashuv rejalashtirilgan.

Erdo’g’an sammit doirasida Sloveniya prezidenti Borut Pahor, Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov, Bosniya-Gersegovina prezidentlik kengashi rahbari Milorad Dodik, kengash a’zolari Shefik Jaferovich va Zeljko Komshich bilan uchrashuv amalga oshirdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar