Turkiyaning Siirt viloyatida PKKga qarshi operatsiyada 1 harbiy halok bo’ldi

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, Eruh tumaniga qarashli tog’liq hududda terror tashkiloti PKKga qarshi harbiy amaliyot o’tkazildi.

1229998
Turkiyaning Siirt viloyatida PKKga qarshi operatsiyada 1 harbiy halok bo’ldi

 

Turkiyaning Siirt viloyati Eruh tumanida terror tashkiloti PKKga qarshi operatsiyada 1 harbiy halok bo’ldi.

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, Eruh tumaniga qarashli tog’liq hududda terror tashkiloti PKKga qarshi harbiy amaliyot o’tkazildi.

Operatsiya jarayonida terroristlar bilan harbiylar o’rtasidagi otishmalarda 2 nafar harbiy yaralandi. Bulardan birining ahvoli og’ir edi.

Siirt davlat shifoxonasiga yotkizilgan harbiylardan biri olamdan o’tdi.

Operatsiyada ATAK jangovar vertolyotlari ham ishtirok etdi.

 



Aloqador xabarlar