Erdo'g'an: “Turkiya-AQSh hamjihatligining avvalgidek davom etishiga ishonchi komil”.

Prezident Erdo'g’an G-20 liderlar sammiti o’tkazilayotgan Yaponiyaning INTEX Osaka yarmarka markazidagi uchrashuvlari doirasida AQSh Davlat rahbari Donald Trump bilan ham uchrashuv o’tkazdi.

1227202
Erdo'g'an: “Turkiya-AQSh hamjihatligining avvalgidek davom etishiga ishonchi komil”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkiyaning Amerika Qo’shma Shtatlari bilan bo’lgan hamjihatligining avvalgidek davom etishiga ishonchi komil ekanligini qayd etdi.

Prezident Erdo'g’an G-20 liderlar sammiti o’tkazilayotgan Yaponiyaning INTEX Osaka yarmarka markazidagi uchrashuvlari doirasida AQSh Davlat rahbari Donald Trump bilan ham uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuv oldidan qisqacha bayonot bergan Prezident Erdo'g’an, Trump bilan sammitda uchrashuv o’tkazishining alohida o’ringa ega ekanligini ifoda etdi.

Erdo'g’an,

“Bugungi kunda 75 milliard dollarlik iqtisodiy savdo hajmiga qo’l yetkazish niyatidamiz. Mudofaa sanoati tarmog’ida biz tashlagan shaxdam qadamlar, rejalashtirilgan loyihalar mavjud lekin eng muhimi strategik sherikligimiz bor” dedi.

Mazkur strategik sheriklikning bir necha tarmoqda Turkiya-AQSh hamjihatligiga ijobiy hissa qo’shganligini ta’kidlagan Erdo’g’an,

“Bundan keyingi jarayonda ham bu hamjihatligimizning huddi shunday davom etishiga ishonchim komildir” deya gapirdi.

Donald Trump ham Erdo’g’an bilan bo’lgan uchrashuvi oldidan bergan bayonotida AQShdan Patriot mudofaa tizimlari olish masalasida, sobiq davlat rahbari Barack Obama davrida Turkiyaga nohaqlik qilinganligini belgilab o’tdi.

Jurnalistlardan biri tomonidan, “Turkiya Rossiyadan S-400 mudofaa tizimini olgudek bo’lsa unda AQSh Turkiyaga nisbatan sanksiya kiritadimi yoki yo’q” degan savoliga qarshi Trump, “Prezident Erdo'g’an Obama yetakchiligidan Patriot olmoqchi bo’ldi lekin bunga ruxsat berilgani yo’q. Obama davrida Turkiyaga nohaqlik qilindi” deb javob berdi.

Trump S-400 masalasida, “Chigal masala. Muammoni boshqacha yo’ldan hal qilish niyatidamiz. (Turkiyaga qarshi) odilona munosabatda bo’lishimiz kerak” degan ifodalarga o’rin berdi.

Turkiyaning NATO tarkibida ekanligini eslatib o’tgan Trump,

“Turkiya AQShning do’sti va birgalikda ajoyib loyihalarga imzo chekildi va albatta savdo tarmog’ida sherikmiz. Buni yana-da kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz. Ikkala mamlakat o’rtasidagi savdo hajmi 76 milliard dollarni tashkil etadi lekin bu judayam oz. 100 milliard dollarning ustida bo’lishi kerak” deya gapirdi.  

Trump, Turkiya bilan AQSh munosabatlarining kun o’tkan sayin ortib borayotganligini belgilab o’tgan holda,

“Savdo tarmog’idagi muvaffaqiyatimizni to’rt barobarga orttirish niyatidamiz. Turkiyaning ajoyib ishlab chiqarish kuchi va mahsuloti bor. Munosabatlarimiz harbiy tarmoqda ham rivojlanmoqda. Shunday ekan bizdan ko’plab harbiy rishtalarning xarid qilinishini ham xohlaymiz” dedi.

Turkiyaga tashrif qilishiga ham e’tibor qaratgan Trump, buning qachon ekanligining hali hanuz aniq emasligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar