BMTning inson huquqlari bo’yicha oliy komissariyati Turkiyadan minnatdor...

BMTning inson huquqlari bo’yicha oliy komissariyati saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi jinoyatini fosh qilish bo’yicha tergov jarayonida yaqindan hamkorlik qilayotgan Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.

1221778
BMTning inson huquqlari bo’yicha oliy komissariyati Turkiyadan minnatdor...

 

BMTning inson huquqlari bo’yicha oliy komissariyati saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi jinoyatini fosh qilish bo’yicha tergov jarayonida yaqindan hamkorlik qilayotgan Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.

Komissariyat hisobotchisi Agnes Kallamard Qoshiqchi jinoyatiga doir tayyorlagan hisobot haqida yozma bayonot berdi.

“Turkiya hukumatiga Qoshiqchi jinoyatini yoritish va fosh qilish bilan bog’liq barcha tergov-surishtiruv jarayonida ko’rsatgan yordamsevarligi uchun minnatdorlik bildiramiz”,-deyiladi bayonotda.

BMTning inson huquqlari bo’yicha oliy komissariyati tomonidan tayyorlangan 101 sahifalik hisobotda Saudiya Arabistoni hukumati jurnalist Jamol Qoshiqchining qastdan o’ldirilishda eng katta javobgar deb topilgandi.

Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va boshqa bir qator oliy martabali vakillarning tergov qilinishi uchun juda ko’p asos borligiga e’tibor qaratilgandi.

“Saudiya Arabistoni diplomatik daxlsizliklarni suiste’mol qilish va o’z davlat hududlaridan tashqarida kuch ishlatish taqig’iga amal qilmaganligi uchun Turkiya hukumatidan uzr so’rashi zarur”,-degan ifodalarga o’rin berilgan hisobotda, ayni paytda Saudiya Arabistoni hukumati Qoshiqchi yashayotgan AQShdan ham uzr so’rashga chaqirilgan edi.

Eslatish joizki, saudiyalik o’tkir jurnalist Jamol Qoshiqchi o’tgan yili oktyabr oyida shaxsiy hujjatlarini rasmiylashtirish bo’yicha kelgan Istanbuldagi Saudiya Arabistoni konsulligida vahshiylarcha o’ldirilgan edi.

Bu voqea butun dunyoda katta shov-shuvga sabab bo’lgandi.

 

 



Aloqador xabarlar