Erdo’g’an:“Kiprlik qardoshlarimizning haqqini boshqalarga yedirmaymiz”

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Sharqiy O’rta yer dengizida Kipr Rum qismi sababli yuzaga kelgan tabiiy gaz inqiroziga munosabatini bildirdi.

1214729
Erdo’g’an:“Kiprlik qardoshlarimizning haqqini boshqalarga yedirmaymiz”

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an:“Kiprlik qardoshlarimizning haqqini boshqalarga yedirmaymiz”,-dedi.

Erdo’g’an Sharqiy O’rta yer dengizida Kipr Rum qismi sababli yuzaga kelgan tabiiy gaz inqiroziga munosabatini bildirdi.

“Mintaqadagi barcha boyliklarda Janubiy Kiprning qanchalik haqqi bo’lsa, aynan Shimoliy Kiprdagi turklarning ham shunday haqqi bor. Biz bu haqlarni hech aloqasi bo’lmaganlarga yedirmoqchi emasmiz. Biz hozirda maxsus iqtisodiy hududlarda ayniqsa, shimoliy kiprlik qardoshlarimizning haq-huquqini to’liq himoya qilamiz. Shuning uchun hozirda neft qazib oladigan kemalarimiz mintaqaga joylashmoqda. Ularning xavfsizligini saqlash uchun qurolli kuchlarimiz safarbar etilgan”,-dedi Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an.

 



Aloqador xabarlar