Turkiya Venezuelaga 100 ming dollarlik dori mahsulotlarini yuboradi

Bu haqda Turk qizil yarim oy jamiyati rahbari Karim Kinik ma’lum qildi.

1206675
Turkiya Venezuelaga 100 ming dollarlik dori mahsulotlarini yuboradi

 

Turkiya Venezuelaga Panama orqali 100 ming dollarlik dori mahsulotlarini yuboradi.

Bu haqda Turk qizil yarim oy jamiyati rahbari Karim Kinik ma’lum qildi.

U konferensiyada ishtirok etish uchun Argentina poytaxti Buenos Ayresda bo’ldi.

Buenos Ayresdagi Turkiya elchixonasida berilgan iftor ziyofatiga tashrif buyurgan Karim Kinik Turk qizil yarim oy jamiyati Amerika qit’asida ham insonparvarlik yordamlari bo’yicha faoliyatlarda ishtirok etayotganligini ma’lum qildi.

“Dunyoning qayerida bo’lishidan qat’iy nazar, tabiiy ofat ro’y bergan hududlarda insonparvarlik faoliyatlarini olib boryabmiz. Gaitida, Meksikada va vulqon fojiasi ro’y bergan Guatemalada ish olib bordik. Xozirda ramazon munosabati bilan Surinamga yordam qo’limizni uzatdik. U yerdagi aholiga oziq-ovqat tarqatyabmiz, yetimlarga iftor beryabmiz. Hatto, transport bilan borib bo’lmaydigan joylarga dengiz orqali yordam yetkazyabmiz”,-dedi Turk qizil yarim oy jamiyati rahbari Karim Kinik.

Venesueladagi keskinlik tufayli mamlakatga insonparvarlik yordamlarini olib kirish mashaqqatli bo’lganligini tilga olgan Karim Kinik: “Birinchi bosqichda Venesuelaga Panama orqali 100 ming dollarlik dori-darmon yuboramiz. Yaqinda buni amalga oshiramiz. Kelgusida Venesuelaga insonparvarlik yordamlarining kirishiga ruxsat berilsa, buni davom ettiramiz”,-dedi.

Uning ta’kidlashicha, Kolumbiyada ham yordamga muhtoj insonlar juda ko’p.

“Kolumbiyadagi ichki nizolar tufayli insonparvarlik yordamlariga ehtiyoj bor. 6 mln aholi gumanitar yordamlarga muhtoj. 2 mlnga yaqin aholi esa Venesueladan Kolumbiyaga qochib o’tgan va yordamga muhtoj ahvolda. Ushbu davlatlar bizning Turkiyadagi tabiiy ofat va qochqinlar bo’yicha tajribalarimizdan foydalanmoqchi. Bu xususda ikki davlat bilan hamkorlik shartnomasi imzolashni rejalashtiryabmiz”,-dedi Turk qizil yarim oy jamiyati rahbari.



Aloqador xabarlar