Istanbuldan Mexikoga to’g’ridan samolyot parvozlari yo'lga qo'yilmoqda

"Avgust oyida Istanbuldan Mexikoga to’g’ridan samolyot parvozlari boshlanadi”,-deb yozadi Meksika tashqi ishlar vaziri tvitterdagi sahifasida.

1205810
Istanbuldan Mexikoga to’g’ridan samolyot parvozlari yo'lga qo'yilmoqda

 

Shu yilning avgust oyida Istanbuldan Mexikoga to’g’ridan samolyot parvozlari boshlanadi.

Bu haqda Meksika tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrard Kasaubon tvitterda ma’lum qildi.

“Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li bilan anchagacha suhbatlashib o’tirdik. Ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar haqida batafsil fikr almashdik. Suhbatimiz natijasida shu qarorga keldik. Avgust oyida Istanbuldan Mexikoga to’g’ridan samolyot parvozlari boshlanadi”,-deb yozadi Meksika tashqi ishlar vaziri tvitterdagi sahifasida.

Eslatma: Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li davlat tashrifi bilan Meksika poytaxti Mexikoga safar qilgandi. U tashrifi chog’ida Meksika tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrard Kasaubon bilan uchrashgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #Mexiko , #samolyot parvozi , #Meksika , #Turkiya

Aloqador xabarlar