Turkiya, Iroq bilan harbiy tarmoqda hamkorlik qilish masalasini maqul deb topdi

Prezident Erdo'g’an, taklifiga binoan kecha poytaxt Anqaraga tashrif buyurgan Iroq Bosh vaziri Odil Abdulmahdiy bilan o’zaro va hay’atlararo uchrashuv o’tkazar ekan ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

1202134
Turkiya, Iroq bilan harbiy tarmoqda hamkorlik qilish masalasini maqul deb topdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Iroq bilan harbiy tarmoqda hamkorlik qilish va ishonch shartnomasining yoyilishi masalasini maqul deb topdi.

Prezident Erdo'g’an, taklifiga binoan kecha poytaxt Anqaraga tashrif buyurgan Iroq Bosh vaziri Odil Abdulmahdiy bilan o’zaro va hay’atlararo uchrashuv o’tkazar ekan ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Mazkur matbuot anjumanida so’zlagan nutqida,

“Iroqning qayta tiklanishi, DEASh terror tashkiloti tomonidan vayron qilingan Kerkuk-Jeyhun neft quvir liniyasining tezlik bilan faoliyatga tushirilishining ahamiyatiga e’tibor qaratdik” degan ifodalarga o’rin berdi.

Erdo’g’an, Turkiya-Iroq o’rtasida harbiy hamkorlik va ishonch shartnomasi tuzilishini maqul deb topganliklarini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Iroq Bosh vaziri Abdulmahdiy,

“Bizning tuproqlarimiz orqali Turkiya tuproqlariga ziyon yetkazilishini qabul qilishimiz ,imkonsiz” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar