Turkiya AQShning saylovning takror o’tkazilishi haqida bergan bayonotiga javob berdi

Turkiya AQShning saylovning takror o’tkazilishi haqida bergan bayonotiga Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Hami Aksoy orqali yozma ravishda javob berdi.

1198111
Turkiya AQShning saylovning takror o’tkazilishi haqida bergan bayonotiga javob berdi

Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Hami Aksoy, AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Morgan Ortagus va AQSh Kongress a'zolari tomonidan, shu yilning 31-marti kuni Istanbulda o’tkazilgan mahalliy saylovning takror o’tkazilishi haqida berilgan bayonotiga qarshi,

“Oliy saylov kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni hamma hurmat qilishi kerak. Bunga o’xshash voqealar AQSh va dunyoning boshqa davlatlarida ham yuz berganligini, bularning demokratiya qoidalari asosida hal qilinganligini yodda tutish darkor” degan ifodalarga o’rin berdi.

Hami Aksoy mavzu haqida yozma ravishda bergan bayonotida, mustaqil va demokratik ravishda o’tkazilgan saylovlarning Turkiyaning davlat an’anasining voz kechilmas bir bo’lagi ekanligini ta’kidlagan holda,

“Har saylovda, saylovchilarning ko’pchiligining ishtirok etishi, xalqimizning demokratiyaga bergan e’tibori va saylov tizimiga bo’lgan ishonchining eng yaqqol ko’rsatkichidir” degan ifodalarga o’rin berdi.

Istanbulda 2019-yilning 31-marti kuni o’tkazilgan saylovning takror o’tkazilishi haqidagi qarorning, mazkur saylovda qonunsiz unsurlar aniqlanganligi tufayli qabul qilinganligi va bu qarorning saylov natijalari bilan hech qanday aloqasi yo’qligiga e’tibor qaratgan Aksoy o’z so’zini:

“Saylovlarni boshqarish va nazorat qilish huquqini konstitutsiyamizdan olgan va o’z a’zolarini Oliy Sud organi a’zolaridan tanlagan Oliy Saylov komissiyasi tomonidan qabul qilingan bu qarorni hamma hurmat qilishi kerak. Bunga o’xshash voqealar AQSh va dunyoning boshqa davlatlarida ham yuz berganligini, bularning demokratiya qoidalari asosida hal qilinganligini yodda tutish darkor. Turk xalqi irodasining to’g’ri aks etishi ham qonunlarimiz, ham da xalqaro javobgarchiligimiz jihatidan shartdir. Buning amalga oshirilishi, bundan oldingi saylovlarimizda bo’lganidek 23-iyunda o’tkaziladigan saylovlarda ham yurtimizning eng ustivor vazifalaridan biri bo’ladi” deya yakunladi.

 



Aloqador xabarlar