Turkiya Rossiya Federatsiyasiga hamdardlik bildirdi

“Rossiya xalqi va hukumatining qayg’usiga sherikmiz. Halok bo‘lganlarning yaqinlariga samimiy ta'ziya va hamdardlik bildiramiz. Jarohat olganlarning tezda sog‘ayib ketishini tilab qolamiz”,-deyiladi ta’ziya maktubida.

1195757
Turkiya Rossiya Federatsiyasiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Moskva shahrining "Sheremetevo" aeroportida “Aeroflot” kompaniyasiga oid yo’lovchi samolyotining favqulodda qo‘nishi oqibatida ko’plab insonlarning halok bo‘lganligi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasiga hamdardlik bildirdi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

“Rossiya xalqi va hukumatining qayg’usiga sherikmiz. Halok bo‘lganlarning yaqinlariga samimiy ta'ziya va hamdardlik bildiramiz. Jarohat olganlarning tezda sog‘ayib ketishini tilab qolamiz”,-deyiladi ta’ziya maktubida.

Eslatma: Kecha 5 may kuni kechki paytlarda Moskvadagi “Sheremetevo” aeroportida yuz bergan aviahalokat oqibatida 41 kishi hayotdan ko‘z yumgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Rossiya , #hamdardlik , #samolyot halokati

Aloqador xabarlar