Mavlud Chavushog’li Erbilda Nechirvan Barzaniy bilan uchrashdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvining bosh vazirlik qarorgohida Nechirvan Barzaniy bilan o’zaro va keng doiradagi hay’atlararo uchrashuvlarni amalga oshirdi.

1192012
Mavlud Chavushog’li Erbilda Nechirvan Barzaniy bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Iroqqa tashrifi chog’ida Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi bosh vaziri Nechirvan Barzaniy bilan uchrashdi.

Iroq poytaxti Bog’dod va Basra shaharlaridagi rasmiy uchrashuvlarni yakunlab, Erbilga yo’l olgan Mavlud Chavushog’li Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvining bosh vazirlik qarorgohida Nechirvan Barzaniy bilan o’zaro va keng doiradagi hay’atlararo uchrashuvlarni amalga oshirdi.

Shuningdek, Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvining xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Mesrur Barzaniy va turkman siyosatchilar bilan uchrashdi.

Nechirvan Barzaniy Erbilda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li sharafiga ziyofat berdi.

Eslatish joizki, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li kecha Iroq poytaxti Bog’dodda mamlakat bosh vaziri Odil Abdulmehdiy, tashqi ishlar vaziri Muhammad Ali al-Hakim, Oliy majlis raisi Muhammad al-Xolbusiy va Basra meri Asad al-Idaniy bilan uchrashgan edi.



Aloqador xabarlar