Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Iroqqa tashrif buyurdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Iroq poytaxti Bog’dodda mamlakat tashqi ishlar vaziri Muhammad Ali al-Hakim bilan uchrashdi.

1191256
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Iroqqa tashrif buyurdi
cavusoglu-el hekim.jpg

 

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Iroq poytaxti Bog’dodda mamlakat tashqi ishlar vaziri Muhammad Ali al-Hakim bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvdan so’ng, ikki yetakchi matbuot anjumani o’tkazdi.

Mavlud Chavushog’lining ta’kidlashicha, uchrashuvda Turkiya va Iroq o’rtasidagi o’zaro munosabatlar muhokama qilindi va mintaqaviy masalalar bo’yicha fikr almashildi.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya iroqliklarni vataniga qaytishini ta’minlash va buning uchun Iroqni qayta tiklashda mamlakat hukumatiga yordam beradi. Shuningdek, hozirda Mo’sul va Basra shaharlarida Turkiya konsulligi faoliyat ko’rsatmoqda. Endilikda Nejef va Karkuk shaharlarida ham Turkiya konsulligini ochish rejalashtirilmoqda.

Ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni yana-da rivojlantirish uchun hamjihatlikda ish olib borishini tilga olgan Mavlud Chavushog’li, Iroq prezidenti Barhom Solihning joriy yilda Ankaraga tashrifi chog’ida olingan qarorlarni ijro etish jarayonini muhokama qilganligini bildirdi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Iroq bosh vaziri Odil Abdulmehdiyni Turkiyaga taklif qilar ekan, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning ham yaqinda Iroqqa tashrif buyurishini ma’lum qildi.

“Joriy yilda prezidentimiz Rajap Tayyip Erdo’g’an 4-Oliy darajali strategik hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etish maqsadida Iroqqa tashrif buyuradi”,-dedi Mavlud Chavushog’li.

Chavushog’lining ta’kidlashicha, mintaqaviy masalalarni hal qilishda Iroq va Turkiya davlatlari hamfikr.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Turkiya , #Mavlud Chavushog’li , #Bog'dod

Aloqador xabarlar