Erdo’g’an:"Netanyaxuning har bir qilgan ishi xalqaro huquqqa hilofdir"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Moskvaga safari oldidan Istanbulda matbuotga intervyu berdi.

1179017
Erdo’g’an:"Netanyaxuning har bir qilgan ishi xalqaro huquqqa hilofdir"

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Moskvaga safari oldidan Istanbulda matbuotga intervyu berdi.

Erdo’g’an Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni G’arbiy qirg’oqni qo’shib olish haqidagi so’zlarini tanqid qildi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Netanyaxuning har bir qilgan ishi xalqaro huquqqa hilofdir.

Isroilning 1948 yildan buyon qilgan har bir ishi noqonuniy ekanligini ta’kidlagan Erdo’g’an: “AQShning himoyasida bu ishga qo’l uryabdilar. Go’lan tepaliklari va G’arbiy qirg’oq bilan bog’liq rejalarda buni guvohi bo’lib turibmiz. Saylov oldi kompaniyasida bunday tashabbusga qo’l urilmoqda. Yaqin sharqda takror qorong’u kelajakka zamin yaratishlariga ko’z yumib bo’lmaydi. Falastinliklarni qo’llab-quvvatlashda davom etamiz”,-dedi.

Prezident Erdo’g’an Moskvaga tashrifi chog’ida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi.

Ikki yetakchi Turkiya-Rossiya oliy kengashi sammitida ishtirok etadi.

“Munosabatlarimiz savdo, turizm, energiya va madaniyat sohalarida tobora rivojlanib bormoqda. Ikki davlat o’rtasidagi savdo hajmini qanday qilib yana-da oshirishimizni muhokama qilamiz. Turkiya va Rossiyada investitsiya loyihalarini qo’lga kiritgan investorlar bilan uchrashamiz. Viza erkinligi masalasi ham kun tartibimizda turibdi. Dastlab, yuk transporti haydovchilari uchun shaxsiy passport bilan vizasiz sayohati joriy etiladi, so’ngra barcha fuqarolar uchun vizasiz sayohat joriy etilishini yo’lga qo’yamiz”,-dedi Turkiya prezidenti.

Prezidentning ta’kidlashicha, Rossiya bilan Turkiya hamkorligida Suriyada Firot daryosining sharqiga amalga oshirilishi rejalangan operatsiyaga doir barcha tayyorgarlik yakunlandi.

“Kuni kelib to’satdan bostirib kirishimiz mumkin. Bu masala ham o’zaro uchrashuvimizda muhokama qilinadigan mavzulardan biridir”,-dedi prezident Erdo’g’an.



Aloqador xabarlar