Iroq bosh vaziri Odil Abdulmehdi Turkiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda

Abdulmehdi:“Qo’shni davlatlar bilan aloqalarimizni ihtiloflar zaminiga qurishni xohlamaymiz. Ihtilof uzoq yillardan beri bor bo’lib kelgan. Iroq sifatida barcha davlatlar bilan yaxshi qo’shnichilik siyosatini yo’lga qo’ymoqchimiz",-dedi.

1176079
Iroq bosh vaziri Odil Abdulmehdi Turkiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda

Iroq bosh vaziri Odil Abdulmehdi yaqin kunlarda Turkiya va boshqa ba’zi ko’rfaz davlatlariga ziyorat amalga oshirishini ma’lum qildi.

Iroq davlat televideniyesi xabar berishicha, poytaxt Bog’doddagi haftalik matbuot anjumanida ma’ruza qilgan Abdulmehdi: “Qo’shni davlatlar bilan aloqalarimizni ihtiloflar zaminiga qurishni xohlamaymiz. Ihtilof uzoq yillardan beri bor bo’lib kelgan. Iroq sifatida mushtarak qadriyatlar asosida barcha davlatlar bilan yaxshi qo’shnichilik siyosatini yo’lga qo’ymoqchimiz”,-dedi.

“Shu maqsad bilan yaqin kunlarda Turkiya va boshqa ba’zi ko’rfaz davlatlariga rasmiy ziyorat amalga oshirishni rejalashtiryabman”,-dedi Iroq bosh vaziri.

Uning ta’kidlashicha, Saudiya Arabistonidan 90 kishilik delegatsiya bugun Bog’dodga tashrif buyuradi. Kelgusi hafta esa, uning o’zi rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga boradi.

Ma’lumotga ko’ra, Iroq bosh vazirining Ar-Riyodga tashrifi chog’ida Iroq-Saudiya Arabistoni munosabatlari, kundalik masalalar va iroqliklarning haj ziyorati kabi masalalar muhokama qilinadi.

Odil Abdulmehdi 2018 yilning 26 oktyabr kuni Iroq bosh vaziri lavozimiga tayinlangan. U shu kundan buyon faqatgina bir martaga maxsus Misrga rasmiy ziyorat amalga oshirgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Turkiya , #Odil Abdulmehdi

Aloqador xabarlar