Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiya milliy sportchilarini tabrikladi

Ispaniyaning Guadalajara shahrida o’tkazilgan karate bo’yicha Yevropa chempionatida Turkiya milliy sportchilari Ug’ur Aktash va Merve Cho’ban oltin medalni qo’lga kiritdi.

1173979
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiya milliy sportchilarini tabrikladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 54-Yevropa karate chempionatida oltin medalga sazovor bo’lgan sportchilarni ustun muvaffaqiyati bilan tabrikladi.

Ma’lumki, Ispaniyaning Guadalajara shahrida o’tkazilgan karate bo’yicha Yevropa chempionatida Turkiya milliy sportchilari Ug’ur Aktash va Merve Cho’ban oltin medalni qo’lga kiritdi.

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiya milliy sportchilari Ug’ur Aktash va Merve Cho’banni tabriklash maqsadida telegramma yubordi.

 



Aloqador xabarlar