Prezident Erdo'g'an, “Ayasofya, muzeymi yoki jome’ masjidi” degan savolga to’xtaldi

Prezident Erdo'g’an Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining jonli efiri orqali Ayasofyaning maqomi haqidagi masalaga to'xtaldi.

1173505
Prezident Erdo'g'an, “Ayasofya, muzeymi yoki jome’ masjidi” degan savolga to’xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Ayasofyaning aslida jome’ masjid ekanligini, uning bu maqomni takror olishi uchun kerakli huquqiy tartibni o’rnatmoqchi ekanliklarini qayd etdi.

Prezident Erdo'g’an Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining jonli efiri orqali Ayasofyaning jome’ masjidi maqomini takror olishi, unga bepul kirilishi, huquqiy tartibning o’rnatilishi, ba’zi arxitekturaviy qiyofasini yaxshilash ishlarining olib borilishi va ibodatga ochilishi masalasida batafsil ma’lumotlar berdi.

Ayasofyaning aslida jome’ masjidi ekanligini va eng avvalo bu maqomning takror berilishi kerakligini ta’kidlagan Erdo’g’an, buning uchun huquqiy tartibning o’rnatilishi va ba’zi nuqtalarda arxitekturaviy qiyofasining yaxshilanishi uchun kerakli faoliyatlarning olib borilishini, ortidan esa unga bepul kirish ishlarining ta’minlanishini ifoda etdi.

Erdo'g’an shuningdek, Ayasofyaning ibodatga ochilish haqidagi rejalarning keyingiga qoldirilganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.   

Prezident Erdo'g’an,

“Albatta, eng avvalo, Ayasofya muzeymi yoki jome’ masjidi degan savolga javob berishimiz kerak. Muzey degan maqom yaqinda berildi. Tarixi uzoqqa bormaydi. Shunday ekan Ayasofyaga eng avvalo haqiqiy maqomini berishimiz darkor. Ayasofya, aslida, jome’ masjididir” degan ifodalarga o’rin berdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ayasofya , #Prezident Erdo'g'an

Aloqador xabarlar