Ertaga Turkiyada, mahalliy saylov bo’lib o’tadi

Turkiya Oliy saylov kengashi ma’lumotiga ko’ra mamlakatda qariyb 57 million saylovchi ro’yhatdan o’tgan.

1173575
Ertaga Turkiyada, mahalliy saylov bo’lib o’tadi

Ertaga 2019-yilning 31-marti kuni Turkiyada mahalliy saylov bo’lib o’tadi. Unda shahar va viloyat hokimlari, mahalliy kengashlar, qishloq, tuman va mavze’larning rahbarlari saylanadi. Saylangan rahbarlar esa, 5 yil xizmat qiladi. Saylov qutilari esa bugun ertalabdan e’tiboran, saylov uchastklarida joylashtirila boshladi.  

Turkiya Oliy saylov kengashi ma’lumotiga ko’ra mamlakatda qariyb 57 million saylovchi ro’yhatdan o’tgan.

Saylovda Adolat va taraqqiyot partiyasi, Milliyatchi harakat partiyasi, Jumhuriyat xalq partiyasi, Mustaqil Turkiya partiyasi, Buyuk Birlik partiyasi, Demokratik partiya, Demokratik so’l partiya, Xalqlarning Demokratik partiyasi, Iyi (Yaxshi) partiya, Saodat partiyasi, Turkiya Kommunistik partiyasi va Vaatan partiyasi ishtirok etadi.



Aloqador xabarlar