Erdo'g'an, terrorist Tarrantning Turkiya va shaxsiga e’tibor qaratgan manifestosini baholadi

Prezident Erdo'g’an Amerika Qo’shma Shtatlarida chop etilgan Washington Post gazetasi uchun “Yangi Zelandiya terroristi bilan DEAShning tubi bir” degan sarlavha bilan maqola yozdi.

1167261
Erdo'g'an, terrorist Tarrantning Turkiya va shaxsiga e’tibor qaratgan manifestosini baholadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Yangi Zelandiyada 50 nafar musulmonning umriga zomin bo’lgan terrorist tomonidan e’lon qilingan manifestoda Turkiya va shaxsiga bir necha bor e’tibor qaratilishining ma’nodor ekanligini qayd etdi.

Prezident Erdo'g’an Amerika Qo’shma Shtatlari chop etilgan Washington Post gazetasi uchun “Yangi Zelandiya terroristi bilan DEAShning tubi bir” degan sarlavha bilan maqola yozdi. 

Yangi Zelandiyaning Christchurch shahrida yuz bergan terror hujumi oqibatida 50 nafar gunohsiz insonning shahid bo’lganligini eslatgan Erdo’g’an, juma namozi uchun mahalliy jome’ masjidida yig’ilgan onlab musulmonnig esa tan jarohati olgan ravishda qutilganligini aytib o’tdi.   

Jinoyat qurollarining ustida va terrorist tomonidan internet tarmog’ida e’lon qilingan manifestoda ko’plab tarixiy manbaa uchratilganligiga e’tibor qaratgan Erdo’g’an, 

“Terroristning Turkiya va shaxsimga bir necha marotaba e’tibor qaratishi ham ma’nodor ham da chuqur o’ylab ko’rilishi kerak bo’lgan masaladir” degan ifodalarga o’rin berdi. Erdo’g’an shuningdek, qatliom javobgarining dunyo tarixi va xristianlikka ziyon yetkazadigan ahmoqona ko’z qarashlarini qonuniylashtirishga harakat qilganligini ta’kidlagan holda,

“Insonlar orasida nafrat uyg’otishga harakat qilingan. O’tmishda qayta-qayta terrorning dini, tili yoki irqi yo’qligini ifoda etkan lider sifatida o’tgan hafta yuz bergan terror hujumlarini xristianlikka, xristianlarning ahloqiga yoki prinsiplariga bog’lashga intilgan har qanday say-harakatni qat'iyan qabul qilmayman. Yangi Zelandiyada yuz bergan voqealar faqatgina nodonlik va nafratning zaharli natijasi xolos” dedi.

Prezident Erdo'g’an mazkur maqolasini quyidagicha davom ettirdi:

 “Xalqimiz, tarixning terroristlar tomonidan o’zgartirilishi masalasiga birinchi marotaba bu voqeada duch kelmadi. Tarixni radikal mafkurasi iblan qo’lga olgan va ko’pchiligi musulmon minglab tinch aholining qotili bo’lgan DEASh terror tashkiloti, oxirgi yillarda “Istanbulni takror fath etishka” chaqiripti. Bu chaqiriq, Christchurch hujumchisining manifestosida o’rin olgan “shaharni yana bir bor xristianlashtirish” so’zlari bilan bir xildir. DEASh terror tashkiloti ham huddi shunday Turkiya Respublikasini yo’q qilish uchun ond ichganki turk askarlarining Suriyada terror tashkilotiga bunchalik og’ir zarba berishining sabablaridan biri shudir.

Shunday ekan Yangi Zelandiyada gunohsiz insonlarning jonini olgan qotil bilan Turkiya, Fransiya, Indoneziya va boshqa nuqtalarda terror hujumi uyushtirganlar orasida hech qanday farq yo’qligini aniqlashimiz kerak”.

Christchurch qatliomi ortidan G’arb mamlakatlari zimmasiga tushgan ba’zi javobgarchiliklar borligini eslatib o’tgan Erdo’g’an, g’arbliklarni bundan buyon irqchilik, chet elliklarga bo’lgan dushmanlik va islomofobiya kabi oxirgi yillarda avj olgan idologiyaning oddiy holga aylanishiga ruxsat bermaslikka chaqirdi.

“G’arblik liderlarning Yangi Zelandiya Bosh vaziri hurmatli Jacinda Arderning jasorati, yetakchiligi va samimiyatidan saboq olgan holda Yangi Zelandiyada yashagan musulmonlarni quchoqlashi kerak”.

 



Aloqador xabarlar