Turkiya S-400 larni Rossiyadan olishdan voz kechmaydi

Prezident Erdo'g’an mamlakatdagi xususiy telekanallardan birida kun tartibi haqidagi savollarga javob berdi.

1164011
Turkiya S-400 larni Rossiyadan olishdan voz kechmaydi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an S-400 zenit raketa tizimlarini olishdan voz kechishning imkonsiz ekanligini qayd etdi.  

Prezident Erdo'g’an mamlakatdagi xususiy telekanallardan birida kun tartibi haqidagi savollarga javob berdi.

Unda Turkiya bilan Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasida, Rossiyadan S-400 zenit-raketa tizimlarining sotib olinishi masalasida yuz bergan muzokaralarga to’xtalgan Erdo’g’an, eng asosiy masalaning Turkiyaning xavfsizligi ekanligini eslatib o’tgan holda Suriyaning shimolida Bashar al-Asad rejimi bilan YPG/ PKK terror tashkilotining borligiga e’tibor qaratdi.

Turkiyaning xavfsizligini kafolat ostiga olishlari kerakligini belgilab o’tgan Erdo’g’an,

“O’z vaqtida AQShdan Patriot havo mudofaa tizimlarini so’radik lekin berilmadi. Shuning uchun ham kerakli faoliyatlarni boshlatdik. Rossiya esa ijobiy tusda yonashdi. Shunday ekan qarorli qadamlar bilan bu masalada qadam tashladik” dedi.

Foiz nisbati, kredit olish, birgalikda ishlab chiqarish kabi masalalarda Rossiyaning ancha ijobiy munosabatda bo’lganligini belgilab o’tgan Erdo’g’an,

“Shuning uchun ham S-400 larni Rossiyadan olish haqida qaror qabul qildik. Ruslar belgilangan vaqtdan yana-da ertaroq topshirmoqchi. Bu ish tamom. Bundan voz kechishlik imkonsiz. Birgalikda ishlab chiqarish, texnologiya transferi va iqtisodiy masalalarni ham qiziqtirgan turli kriteriylarimiz borligini bir necha bor xalqimizga yetkazdik” deya gapirdi.

 


 

 


Tanlangan kalimalar: #S-400 , #AQSh , #Rossiya , #Prezident Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar