Chavusho’g’li bilan Katrougalos, Turkiya-Gretsiya munosabati haqida fikr almashdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li gretsiyalik kasbdoshi Georgios Katrougalos bilan Belgiya poytaxti Bryusselda uchrashdi.

1163695

Tashqi ishlar vaziri mazkur uchrashuv haqida Twitter hisobida qoldirgan postida,

“Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Georgios Katrougalos bilan mamlakatlarimiz o’rtasidagi munosabatlarni har tarmoqda rivojlantirish haqida fikr almashdik” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Uchrashuv matbuotga yopiq ravishda bo’lib o’tdi.

Mevlut Chavusho’g’li, “Suriya va mintaqa kelajagining qo’llab-quvvatlanishi” deb nomlangan konferentsiya bilan Turkiya-Yevropa ittifoqining sheriklik kengashi yig’ilishida ishtirok etish uchun hozirda Bryusselda.

Aloqador xabarlar