Turkiya somaliliklarga yordam berishni davom ettirmoqda

Turkiya Somali poytaxti Mogadishudagi Denili nomidagi muhojirlar lagerida jon saqlagan 5 ming oilaga kiyim-kechak jihatidan yordam berdi.

1157748
Turkiya somaliliklarga yordam berishni davom ettirmoqda

Turkiya Somali poytaxti Mogadishudagi Denili nomidagi muhojirlar lagerida jon saqlagan 5 ming oilaga kiyim-kechak jihatidan yordam berdi.  

Mazkur yordamlar Turk Qizil Yarim oy jamiyati tomonidan tarqatilar ekan unda Turkiyaning Mogadishu elchisi Mehmet Yildiz, Somalining Ofat va gumanitar yordam ishlari bo’yicha vazir o’rinbosari Abdurashit Mahmut va Qizil Yarim oy jamiyati yetakchilari ishtirok etdi.

Mehmet Yilmaz Qizil Yarim oy jamiyatining 2011-yildan beri Somalida, yordamga muhtoj insonlarga yordam berib kelayotganligini qayd etdi.

Somalilik vazir o’rinbosari Abdurashit Mahmut ham Qizil Yarim oy jamiyatining yordam faoliyatlariga maqtov yog’dirib, yangi kiyim-kechaklarning ayniqsa lagerdagi bolalarni xursand qilganligini aytib o’tdi.

O’z xavfsizligi uchun uy-joylarini tark etishga majbur bo’lgan somalilik muhojirlar, poytaxt Mogadishuning Denili tumanidagi lagerda, og’ir shartlar ostida jon saqlamoqda.

 



Aloqador xabarlar