Turkiya Somali hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

"Mogadishudagi terrorchilik harakatida ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan do’st va qardosh Somali hukumati va xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz”,-deyiladi bayonotda.

1155175
Turkiya Somali hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

Turkiya Somali poytaxti Mogadishuda sodir bo’lgan portlashni qoraladi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi bu haqda bayonot berdi.

“Mogadishudagi terrorchilik harakatida ko’plab insonlarning halok bo’lganligi va ko’plab insonlarning jarohatlanganligidan boxabar bo’ldik. Ushbu terror hujumini qat’iyan qoralaymiz. Hujumda halok bo’lganlarni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Yaradorlarning tezda sog’ayib ketishini tilab qolamiz. Do’st va qardosh Somali hukumati va xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz”,-deyiladi bayonotda.

Eslatma: Somali poytaxti Mogadishuda bir mehmonxona Ash-Shabob jangarilari tomonidan portlatildi. Portlashda 29 kishi halok bo’ldi. Somali politsiyachilari portlashda kamida 40 kishi yaralanganligini ma’lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Somali , #hamdardlik , #Turkiya

Aloqador xabarlar