Urush tufayli Turkiyaga qochib o'tgan suriyaliklar asta-sekin vataniga qaytmoqda

Turkiya qurolli kuchlari tomonidan Suriya shimolidagi terroristlar yo'q qilingach, taxminan 315 ming suriyalik vataniga qaytib ketdi.

1155158
Urush tufayli Turkiyaga qochib o'tgan suriyaliklar asta-sekin vataniga qaytmoqda

 

Suriyadagi urush tufayli qo'shni davlat Turkiyaga qochib o'tgan suriyaliklar asta-sekin vataniga qayta boshladi.

Eslatish joizki, Turkiya qurolli kuchlari tomonidan olib borilgan "Firat qalqoni" va "Zaytun novdasi" harbiy amaliyotlarida Suriya shimolidagi hududlar PKK, YPG va DEASh terror tashkilotlari jangarilaridan tozalandi.

Terroristlar yo'q qilingan hududlar endilikda o'z xalqini kutmoqda.

Bugungacha Turkiyaning turli viloyatlarida yashab kelayotgan 70 nafar suriyalik "Ko'ngilli qaytish dasturi" doirasida O'njupinar muassasalari migratsiya boshqarmasi byurosida ro'yxatdan chiqarilgach, chegara o'tkazish punktidan mikroavtobuslarda vataniga jo'natilgan.

Jo'nab ketgan suriyaliklarning ko'pchiligi ayollar va yosh bolalarni tashkil qiladi.

Eslatma: "Firat qalqoni" va "Zaytun novdasi" harbiy amaliyotlari muvaffaqiyatli yakunlangach, taxminan 315 ming suriyalik vataniga qaytib ketdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Turkiya , #Firat qalqoni , #Zaytun novdasi

Aloqador xabarlar