Prezident Erdo'g’an Sochiga borar-bormas Eron Prezidenti bilan uchrashuv o'tkazmoqda

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Suriyadagi masalalar bo’yicha uyushtirilgan sammitda ishtirok etish uchun hozirda Sochida.

1145351
Prezident Erdo'g’an Sochiga borar-bormas Eron Prezidenti bilan uchrashuv o'tkazmoqda

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Suriyadagi masalalar bo’yicha uyushtirilgan navbatdagi sammitda ishtirok etish uchun hozirda Sochida.

Prezident Erdo'g’an u yerda hozirning o’zida Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashmoqda.

Mazkur uchrashuv, matbuotga yopiq ravishda davom etmoqda.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Sochida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Valdimir Putin bilan ham uchrashadi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Rossiyaning Sochi shahriga bugun Turkiya vaqti bilan soat 10:05 da jo’nab ketgandi.

Suriya bo’yicha navbatdagi sammitda ishtirok etish uchun Sochiga jo’nab ketgan Prezident Erdo'g’anni poytaxt Anqaradagi “Esenboğa” aeroportidan Anqara shahar hokimi Vasip Shahin va boshqalar kuzatib qo’ydi.

Erdog’anning Sochiga bo’lgan tashrifida turmush o’rtog’i Emine Erdo’g’an, Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, G’aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak, Milliy Razvedka tashkiloti raisi Hakan Fidan, Prezidentlik apparatining aloqa xizmatlari bo’yicha rais Fahrettin Altun va Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin hamrohlik qilmoqda.  

Rajap Tayyip Erdo'g'an Sochida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy ishtirokidagi Suriya bo’yicha o’tkazilayotgan sammitda ishtirok etadi.

Sammitda Ostona jarayoni asosida Suriya mummosini butunlay hal qilish uchun maydonda va siyosiy jarayonda olib borilgan say-harakatlar ko’rib chiqiladi.

Prezident Erdo'g’anning sammit chog’ida kasdboshlari bilan o’tkazadigan o’zaro uchrashuvlarida, Turkiyaning Rossiya Federatsiya va Eron bilan bo’lgan munosabatlaridan tashqari mintaqaviy masalalarning ham qo’lga olishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar