Turkiya, Suriya uchun tashkil topgan ishchi guruhi faoliyatlarining davom etishini xohlaydi

Turkiya Suriya uchun Rossiya, Eron va Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan birgalikda tashkil topgan ishchi guruhi faoliyatlarining davom etishini xohlaydi.

1144482
Turkiya, Suriya uchun tashkil topgan ishchi guruhi faoliyatlarining davom etishini xohlaydi

Turkiya Suriya uchun Rossiya, Eron va Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan birgalikda tashkil topgan ishchi guruhi faoliyatlarining davom etishini xohlaydi.

Turkiya Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi Suriyada rejim kuchlari va muxolafat guruh o’rtasida Ostona jarayoni doirasida tutqunga olingan kishilarning ozod etilishi uchun tashkil topgan ishchi guruhi faoliyatlarining kelasi davrda ham davom etishini ta’kidladi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda Ostona jarayoni doirasida Turkiya, Rossiya, Eron va Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan birgalikda “Majburiy ravishda tutqunga olinganlarning ozod etilishi, jasadlarning almashuvi va bedarak yo’qolganlarning oqibatining aniqlanishi” uchun tashkil topgan ishchi guruhi tomonidan tayyorlangan ikkinchi loyiha doirasida, Suriyada muxolafat guruh va rejim kuchlari tomonidan tutqunga olingan ba’zi kishilarning, bugun muxolafat nazorati ostidagi Bob tumanining janubidagi Abu Zindin qishlog’ida bir vaqtning o’zida bir-biriga qaytarilganligi eslatildi.

Bayonotda shuningdek,

“Ishchi guruhining faoliyatlari kelasi davrda ham davom etadi” degan ifodalarga o’rin berildi.

Turkiya, Rossiya va Eron o’rtasida 14-fevral kuni Sochida o’tkaziladigan sammit oldidan, rejim va muxolafat guruh Turkiya va Rossiyaning kafolati ostida, Bob tumanining janubida joylashgan Abu Zindin qishlog’ida bir vaqtning o’zida bir-birining 20 kishilik tutqunini ozod etdi.  

Shu doirada rejim kuchlari 20 nafar erkak kishini taslim qilib olar ekan, muxolafat guruh talabiga binoan 20 nafar o’spirimga qo’shimcha sifatida 2 nafar yosh bola ham ozod etildi.

Ostona kelishuvi asosida tashkil etilgan va tutqunga olinganlar ustidan ish olib boruvchi “ishchi guruhi” tomonidan “pilot loyiha” deb qo’lga olingan ramziy almashuv, o’tgan yilning 30-31 iyulida Sochida uyushtirilgan kafil mamlakatlarning o’ninchi yig’ilishida qarorlashtirilgan edi.

Birinchi almashuv 2018-yilning 24-noyabri kuni amalga oshirilgan bo’lib, unda tomonlar bir-birining 10 kishilik tutqunini ozod etgan.  

Ma’lum bo’lishicha Asad rejimi kamida 500 ming kishini tutqunga olgan.

Mazkur almashuvning, Turkiyaning gumanitar diplomatiya faoliyati doirasida tashlagan qadamlari natijasida yo’lga qo’yilgani aytilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar