Chavusho’g’li, BMTning Kashikchi jinoyati ustidan olib borgan ishlarini baholadi

Aytib o’tish joizki Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sud qarorlari bo’yicha maxsus ma’ruzachisi Agnes Callamard o’tgan hafta Turkiyada, jinoyat ustidan olib borgan faoliyatlari ortidan hisobot tayyorlagandi.

1141777
Chavusho’g’li, BMTning Kashikchi jinoyati ustidan olib borgan ishlarini baholadi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi jinoyati ustidan BMTning Sud qarorlari bo’yicha maxsus ma’ruzachisi Agnes Callamard tomonidan yig’ilgan ma’lumotlarninig Turkiyaning qo’lidagi ma’lumotlarga mos kelganligini qayd etdi.  

Mevlut Chavusho’g’li Antaliyada mavzu haqida jurnalistlarga bergan bayonotida, BMT ma’ruzachisining ma’lumot yig’ish uchun 5-6 kishilik mutaxassis bilan Turkiyaga kelganligini ma’lum qildi.

Ular bilan eng avvalo shaxsining uchrashuv o’tkazganligini ortidan Adliya vaziri va Milliy Razvedka tashkiloti bilan fikr almashganligini eslatib o’tgan Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li,  

“Istanbulda Bosh prokuror bilan uchrashuv o’tkazdilar. Kerakli markazlardan, batafsil ma’lumotlarga erishdilar. Biz ham tergov jarayonida qo’lga kiritgan ma’lumotlaru dalillarni bo’lishdik. Bu rasmiy tergov emas, tayyorgarlik tariqasida ma’lumot to’plash maqsadida kelgan hay’at hisoblanadi. Mavzuga aniqlik kiritilishi uchun BMT tomonidan komissiya tashkil etilishi yoki BMT tomonidan tergov ishining boshlatilishi kerak” deya gapirdi.

Yaqinda dunyoning ba’zi davlatlari bilan birgalikda buning uchun murojaat qilmoqchi ekanliklarini qayd etgan Chavusho’g’li,

“Chunki bugungacha javobini topmagan savollar mavjud. Jamol Kashikchining Istanbuldagi Bosh konsullik binosida avval o’ldirilib, ortidan jasadining bo’lakchalarga bo’linganligini Saudiya Arabistoni ham bo’yniga oldi lekin jasadining qayerda ekanligini, bo’lakchalarning qayerdaligini haligacha bilmaymiz. Undan tashqari bu jinoyatning ortida kim bor, buyruqni kim berdi. Bu borada hali hanuz Saudiya Arabistoni tomonidan aniq javob olganimiz yo’q” dedi.

Turkiya qo’lga kiritgan ma’lumotlar va dalillarni barcha xalqaro hamjamiyat bilan bo’lishganidek Saudiya Arabistoni bilan ham bo’lishilganligiga e’tibopr qaratgan Mevlut Chavusho’g’li,

“Bunga qaramay Saudiya Arabistonidan hali hanuz bu masala haqida yoki olib borilgan mazkur tergov haqida hech qanday ma’lumot olingani yo’q. Bu haqiqatlar asosida BMTning tashabbusi bilan qo’lga kiritilgan ma’lumotlar bir-biriga mos kelmoqda” dedi.  

Aytib o’tish joizki Jamol Kashikchi 2018-yilning 2-oktabri kuni rasmiy hujjat uchun Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsullik binosiga borar ekan, u yerda vayshiylarcha o’ldirildi.

Saudiyalik rasmiylar, Kashikchining jasadining qayerda ekanligini haligacha aytmadi.



Aloqador xabarlar