Nikolas Maduro himoyalari uchun Turkiya,Rossiya va Xitoyga  o’z tashakkurlarini  yetkazdi.

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro, Venesuela milliy majlis Raisi va muxolif lider Juan Guaido o’zini o’tkinchi Prezident e’lon etishiga qarshi  bergan himoyalari uchun Turkiya, Rossiya  va Xitoyga  o’z tashakkurlarini  yetkazdi.

1132823

Ijtimoiy tarmoq sahifasidan bergan bayonotda, Venesuela  yolg’iz emasligini  ta’kidlagan Maduro,

“ Rossiya, Xitoy, Turkiya bilan boshqa hukumatlar va dunyo xalqlariga, Venesuelaning qonuniy tashkil etgan hukumatini kuchli himoyalari tufayli minnatdorman. Qarorli himoyalariga  tashakkurlar.” Deb qayd etdi.

Venesuelada avvalgi kun muxolafat va hokimiyat tarafdorlari uyushtirgan mitinglar o’lka va mintaqa jihatidan juda ham o’zgarishlarga  sabab bo’lgan edi.

Ko’pchiligi muxolafatning qo’lidagi milliy majlis Raisi Guaido, Muxoliflar mitingda, o’zini o’tkinchi davlat rahbari e’lon qilgan va birinchi o’rinda AQSh bo’lib Kanada, Kolumbiya, Peru, Ekvador, Paragvay, Braziliya, Chili, Panama, Argentina, Kosta Rika va Gvatemala  kabi o’lkalar tomonidan tan olingan edi.

Prezident Nikolas Maduro esa poytaxt Karakasda Prezidentlik saroyi Miraflores balkondan minglab

Venesuelaga xitob qildi, AQSh bilan barcha aloqalarni uzib tashladi va bu o’lkaning diplomatlariga Venesuelani tark etishlari uchun 72 soat muhlat  berganini  e’lon qildi.

Tanlangan kalimalar: #Venesuela , #Nikolas Maduro , #Tashakkur

Aloqador xabarlar