Hami Akso’y:"AQShning qarori YPG va PKKga xizmat qilmasligi kerak"

Turkiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Hami Akso’y AQSh qo’shinining Suriya hududlarini tark etish qaroriga munosabatini bildirdi.

1128488
Hami Akso’y:"AQShning qarori YPG va PKKga xizmat qilmasligi kerak"

Turkiya rasmiylari ta’kidlashicha, AQShning o’z qo’shinini Suriyadan olib chiqib ketish to’g’risidagi qarori terror tashkilotlari YPG va PKKga xizmat qilmasligi kerak.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Hami Akso’y AQSh qo’shinining Suriya hududlarini tark etish qaroriga munosabatini bildirdi.

“Bu qaror YPG va PKKga xizmat qilmasligi kerak”,-deydi u.

Shu bilan birga, Hami Akso’y AQShda hukumat Donald Trampga qarshi chiqish holatlariga ham munosabati bildirdi.

Amerikalik senator Lindsay Grahamning Turkiyaga tashrifi chog’ida Suriyadagi vaziyat muhokama qilinishini bildirgan Hami Akso’y Rossiya bilan tuzilgan Idlib kelishuviga e’tibor qaratdi.

“Provokatsiyalarning Idlib kelishuviga putur yetkazishiga yo’l qo’ymaymiz”,-dedi u.

Shu yilning 17 sentyabr kuni Turkiya bilan Rossiya o’rtasida Sochida tuzilgan kelishuvga binoan, Idlibdagi muxoliflar 20 kmgacha bo’lgan maydonni qamrab oluvchi “xavfsiz zona”dagi qurol va texnikalarni olib chiqib ketgan edilar.

Hami Akso’y ma’lum qilishicha, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li 6 fevral kuni Vashingtonga jo’nab ketadi.

U Vashingtonda o’tkaziladigan DEAShga qarshi xalqaro koalitsiya tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida ishtirok etadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #Suriya , #Donald Tramp

Aloqador xabarlar