Turkiya chegara ortidagi terror guruhlariga qarshi kurashish uchun hech kimdan ruxsat olmaydi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li: “Turkiya davlati o'z chegarasi ortidagi terror guruhlariga qarshi kurashish uchun hech kimdan ruxsat olib o'tirmaydi”,-dedi.

1124659
Turkiya chegara ortidagi terror guruhlariga qarshi kurashish uchun hech kimdan ruxsat olmaydi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li: “Turkiya davlati o'z chegarasi ortidagi terror guruhlariga qarshi kurashish uchun hech kimdan ruxsat olib o'tirmaydi”,-dedi.

Vazir Chavushog’lu Antaliya shahridagi nutqida, Turkiya davlati Suriyadagi siyosiy kelishmovchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, Turkiyaga qarshi faoliyat olib borayotgan terror guruhlariga qarshi qattiq kurashayotgan yagona davlat ekanligini aytib o'tdi.

Shu bilan birga, Suriyada Firat daryosining sharqiy qismida tobora ortib borayotgan terror xavfini bartaraf etish uchun shaxsan prezident Erdo’g’an qattiq harakat qilmoqda.

Ayni paytda, AQSh qo’shinining Suriya hududini tark etishi xususida qaror olinishiga turtki bo’lganligini eslatdi.

AQSh o'zining harbiy qismlarini Suriyadan olib chiqib ketar ekan, turli mutasaddi shaxslar tomonidan bayon etilgan fikrlarga e'tibor bermaslikni ta'kidlagan vazir Chavusog’li, AQSh siyosati haqida prezident Erdo’g’anning yagona mutasaddi vakili AQSh prezidenti Trump bo'lib hisoblanadi, deb aytdi.

Shuningdek, vazir Chavusog’li Turkiya terror guruhlariga qarshi kurashish jarayonida, AQSh tomonidan aytilgan fikrlarga nisbatan shunday dedi:

 "Biz terror guruhlariga qarshi kurash olib borar ekanmiz, Amerika terror guruhlaridan o'z siyosiy manfaati yo'lida foydalanmoqda, hattoki bizlarga "kurt guruhlarga tegmanglar" deya ogohlantirgan bo'ldilar. Shuni bilsinlarki, Turkiya davlati terrorizmga qarshi kurash bo’yicha hech kimdan ruxsat olib o'tirmaydi, biz bu kurash uchun kerakli chora-tadbirlarni olamiz va chegaramiz ortidagi terrorist guruhlarni yo’q qilish uchun qanday kurash kerak bo'lsa shunday kurashamiz. Bu borada hech kim oshiqcha gap gapirmasin!",- dedi.

 

 



Aloqador xabarlar