Hulusiy Akar Suriya chegarasidagi harbiy bo’linmada tekshiruv ishlari yuritdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar, general Yashar Guler va general Umit Dundar Suriya chegarasidagi harbiy bo’linmada tekshiruv ishlari yuritdi.

1123712
Hulusiy Akar Suriya chegarasidagi harbiy bo’linmada tekshiruv ishlari yuritdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar, Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Yashar Guler va Quriqlik kuchlari qo’mondoni general Umit Dundar Suriya chegarasidagi harbiy bo’linmada tekshiruv ishlari yuritdi.

PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotiga a’zo terroristlarga qarshi uyushtirilish ehtimoli bo’lgan amaliyotga to’xtalgan Hulusiy Akar,

“Oldida Manbij, Firot daryosining sharqi bor. Bu haqida kerakli rejalar tuzildi. Tayyorgarliklar davom etmoqda. O’rni va vaqti kelganida, oldingi amaliyotlardek, terroristlar o’zi qazigan chuqurga tushadi” dedi.

Milliy Mudofaa vaziri shuningdek,

“Turkiya Respublikasi davlati, yurtimizda yoki chet elda, qayerda bo’lishidan qat’iy nazar terrorni yo’q qilish uchun nihoyatda qarorlidir. Faqatgina terroristlarni nishonga olgan vaziyatdamiz. Biz uchun et bilan tirnoqdek bo’lib qolgan kurd qardoshlarimiz ila hech qanday muammomizning yo’qligini aqqli insonlarning hammasi yaxshi biladi” degan ifodalarga o’rin berdi.   



Aloqador xabarlar