Turkiyaning Vitse-Prezidenti Fuat O’ktay, Venesuelada...

Turkiyaning Vitse-Prezidenti Fuat O’ktay, Venesuela Prezidenti Nikolas Madroning qasam yod qilish marosimiga ishtirok etish uchun bu o’lkada…

1122793
Turkiyaning Vitse-Prezidenti Fuat O’ktay, Venesuelada...

Turkiyaning Vitse-Prezidenti Fuat O’ktay, Venesuela Prezidenti Nikolas Madroning qasam yod qilish marosimiga ishtirok etish uchun bu o’lkada…

Fuat Oktay,

“Janob  Madurpning qasam yod qilish munosabati bilan Turkiya va Venesuela  o’rtasidagi aloqalarni takror ko’zdan kechirish fursatini topamiz.” dedi.

Venesuelaning poytaxti karakasga yetib borgan O’ktay, Simon Bolivar aeroportida Venesuela

Tashqi ishlar vaziri   Jorge Arreaza va Rejalash bo’yicha vazir Rikardo Menendez tomonidan kutib olindi.

O’ktay, aeroportda bergan bayonotda, ikki o’lka aloqalari so’ngi paytlarda katta muvaffaqiyatlarga  erishganini qayd etdi. Bundan mamnun ekanlarini ma’lum qildi.

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an Venesuela bilan amalga oshirgan so’ngi ziyoratida o’tkazilgan delegatsiya uchrashuvlari bilan  ikki o’lka o’rtasidagi aloqalarni  juda oldinga olib borishni  ifoda etgan O’ktay,  bu faoliyatlarni takror ko’zdan kechirilishi va ayniqsa Maduroning  qasam yod qilish marosimida Turkiya va Prezident Erdo’g’anni namoyandalik qilish uchun Karakasga kelganini aytdi.  

Maduro xalqning  demokratik ovozlari bilan  takror hokimiyatga kelishi Venesuela xalqi hamda  Venesuela uchun  yaxshi kunlarning xush xabarchisi ekanini  ta’kidlagan Vitse- Prezident O’ktay,

“ Janoba Prezidentimizning  salomlarini Venesuela xalqiga  taqdim etaman. Janob Maduroning qasam yod qilish marosimi vosilasi bilan Turkiya va Venesuela o’rtasidagi aloqalarni  takror  ko’zdan kechirish fursatini topamiz.” deb baholadi.

Buning bilan birgalikda Fuat O’ktay, tunagan mehmonxonada, Boliviya Prezidenti Juan Evo Moreles Ayma bilan uchrashuv o’tkazdi.   

Turkiya o’tgan yil Boliviyada  ham elchixona ochishi bilan aloqalarda muhim muvaffaqiyatlarga erishganlarini ma’lum qildi. Uchrashuvda, Boliviya ham 2019- yilining dastlabki yarimida Turkiyada elchixona ochish mavzusida kelishuvga borgan edilar.

Uzoq muddatdir rejalangan Turkiya- Boliviya aralash iqtisodiy komissiya yig’ilishni eng qisqa  paytda o’tkazilish mavzusida ham kelishuvga borganlari ma’lum qildi. Mudofaa  sanoat birinchi o’rinda bo’lib ko’plab sektortda yaqin hamkorlikni oshirish ahamiyati ustida to’xtaldi.

Uchrashuvda Morales, Fatullahchi terror tashkiloti ( FETO) bilan kurashda Turkiyani qo’llab- quvvatlamoqda deb qayd etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Vitse- Prezident , #Fuat O'ktay , #Venesuela

Aloqador xabarlar