AQSh delegatsiyasi ertaga Turkiyaga tashrif buyuradi

Federal tergov byurosi mutahassislaridan tashkil topgan AQSh delegatsiyasi Turkiya vakillari bilan Fathulloh Gulen harakatiga (FETO) qarshi olib borilayotgan tergov jarayonini muhokama qiladi.

1117814
AQSh delegatsiyasi ertaga Turkiyaga tashrif buyuradi

 

AQSh delegatsiyasi ertaga Turkiyaga tashrif buyuradi.

Ular Turkiya vakillari bilan Fathulloh Gulen harakatiga (FETO) qarshi olib borilayotgan tergov jarayonini muhokama qiladi.

AQSh delegatsiyasi tarkibida federal tergov byurosidan (FBI) qator mutahassislar o’rin olgan. Ular Turkiya tashqi ishlar vazirligi, ichki ishlar vazirligi va adolat vazirligi vakillari bilan muzokara olib boradi.

Muzokaralarda AQShda Fathulloh Gulen harakatiga (FETO) qarshi olib borilayotgan tergov jarayoni asosiy mavzu bo’lib hisoblanadi. Shu bilan birga, tergov jarayoni haqida ikki davlat vakillari o’zaro fikr almashadi.

Muzokaralar 4 yanvargacha davom etadi.

Eslatish joizki, o’tgan hafta Turkiya adolat vaziri Abdulhamid Gul AQSh delegatsiyasi Turkiyaga tashrif buyurishini ma’lum qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #FETO , #Fathulloh Gulen harakati

Aloqador xabarlar