Prezident Erdo'g'an dunyo liderlarini yangi yil bilan tabrikladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an dunyo liderlarini kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikladi.

1116580
Prezident Erdo'g'an dunyo liderlarini yangi yil bilan tabrikladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an dunyo liderlarini yangi yil bilan tabrikladi.

Prezident Erdo'g’an shu doirada Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpga bag’ishlab, “Hurmatli Prezident, qadrdon do’stim” deb boshlagan yangi yil tabrigida ortda qolayotgan yilning Turkiya va AQSh duch kelgan qiyinchiliklarni bartaraf qilish va o’zaro munosabatlarni kerakli saviyaga olib chiqish uchun birgalikda faoliyat olib borish imkoni berganligini belgilab o’tdi.  

Shuningdek,

“O’zaro hurmat va samimiy muloqatga tayangan munosabatlarimizni, strategik sherikligimiz talab qilgan saviyaga olib chiqishimizga va hamkorligimizning kelajagini bundan buyon yana-da mustahkamlashimizga ishonchim komil. Biz bir necha marotaba xalqaro hamjamiyat muhitida sinovdan o’tar ekanmiz, Turk-Amerika hamkorligining global tinchlik va barqarorligiga muhim hissalar qo’shishni davom ettirishiga bo’lgan ishonchimni yana bir bor belgilab o’tmoqchiman. Shu fursatdan foydalanib yangi yilingiz bilan tabriklayman. Sizga va do’st Amerika xalqiga sog’-salomatlik tilayman” degan ifodalarga o’rin berdi.   

Prezident Erdo'g’an Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinga bag’ishlab yozgan yangi yil tabrigida esa Turkiya-Rossiya o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning ahamiyatiga e’tibor qaratgan holda, bu munosabatlarning yangi yilda ham ortgan ravishda davom etishini kutganligini ta’kidladi.  

Prezident Erdo'g’an Britaniya Bosh vaziri Theresa Mayga yozgan maktubida esa “ortda qolgan yilda Turkiya-Britaniya hamkorligi va mushtarak say-harakatlari yana-da ortgan yil bo’ldi” dedi.

Erdo’g’an Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga yozgan maktubida, yangi yilda o’zaro hurmat va samimiy muloqatga tayangan o’zaro munosabatlarni birgalikda olib borilgan faoliyatlar orqali yana-da rivojlantirishlariga ishonchi komil ekanligini ta’kidladi.

Ham Yevropa, ham da Yaqin Sharqda duch kelingan sinovlarga qarshi Turk-Fransuz hamkorligining tinchlik va barqarorlikka muhim hissa qo’shishni davom etishiga bo’lgan ishonchini qayd etgan Erdo’g’an, yangi yilini tabriklagan Makron va do’st fransuz xalqiga sog’lik va salomatlik tiladi.

Prezident Erdo'g’an, “Hurmatli Davlat rahbari, qadrdon do’stim”, deb boshlagan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinga yozgan yangi yil tabrigida esa ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning har tarmoqda borgan sayin mustahkamlashib borayotganligini xursandchilik bilan kuzatganligini belgilab o’tdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Hindiston Bosh vaziri Narendra Modiga yozgan maktubini esa,

“Ajoyib yurtingizga bo’lgan tashrifimning iliq xotiralari haligacha yodimda” deb boshladi.

Turkiya-Hindiston o’rtasidagi munosabatlarning har tarmoqda borgan sayin mustahkamlashib borayotganligini xursandchilik bilan kuzatganligini qayd etgan Erdo'g’an o’z tabrik so’zida,

“Mamlakatlarimiz o’rtasida judayam qadimga borib taqalgan do’stlik aloqalarini yana-da rivojlantirish orqali, xalqimizning mushtarak manfaatlariga xizmat qila oladigan saviyada, yana-da yuqori ko’tarilishiga ishonchim komil. Shu fursatdan foydalanib yangi yilingizni tabriklab, sizga va do’st Hindiston xalqiga sog’lik va salomatlik tilayman” degan ifodalarga o’rin berdi.



Aloqador xabarlar