Turk hay’ati indinga Rossiyada Suriya masalasini qo’lga oladi

O’mer Chelik Adolat va taraqqiyot partiyasining Markaziy boshqaruv kengashi yig’ilishi ortidan uyushtirgan matbuot anjumanida Turk hay’atining inginga Rossiyada Suriya masalasini qo’lga olishini ma’lum qildi.

1114827
Turk hay’ati indinga Rossiyada Suriya masalasini qo’lga oladi

Adolat va taraqqiyot partiyasining Matbuot xizmati voizi O’mer Chelik Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar, Milliy razvedka tashkiloti rahbari Hakan Fidan va Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalindan tashkil topgan turk hay’atining haftaning shanba kuni amaliy tashrif bilan Rossiyaga jo’nab ketishini ma’lum qildi.

O’mer Chelik Adolat va taraqqiyot partiyasining Markaziy boshqaruv kengashi yig’ilishi ortidan uyushtirgan matbuot anjumanida Turk hay’atining Suriya masalasi bo’yicha Rossiyada uchrashuvlar o’tkazilishini eslatib o’tgan holda,

“Mazkur uchrashuvlar natijasiga ko’ra telefon orqali muloqat ham o’rnatilishi mumkin. Prezidentimiz bilan Putinning uchrashuv o’tkazishi uchun kerakli dasturlar rejalashtiriladi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Eron bilan Rossiya o’rtasidagi diplomatik aloqaning davom etishini qayd etgan Chelik, Ostona jarayonining sheriklari va Jeneva jarayoni hamkorlari bilan bu diplomatik muloqatning davom etishini ma’lum qildi.

Yaqinda Amerika Qo’shma Shtatlarining Suriyadan chiqib ketishi va chiqib ketishi ortidan Turkiya tomonidan o’rtaga qo’yiladigan terrorizmga qarshi kurash perspektivini ittifoqdoshlari bilan bo’lishish niyatida ekanligini bayon etgan Chelik,

“Bu masalada nihoyatda rejali, tartib-qoidali faoliyatlar olib boriladi” dedi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya masalasi , #Turk hay'ati , #Rossiya

Aloqador xabarlar