Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Liviyaga tashrif buyurdi

Mavlud Chavushog’li tashrifi chog’ida Liviya Oliy davlat kengashi rahbari Halid al-Mishri va Liviya milliy hukumati tashqi ishlar vaziri Muhammad Tohir Siyala bilan uchrashuv o’tkazdi.

1111714
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Liviyaga tashrif buyurdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Liviya Oliy davlat kengashi rahbari Halid al-Mishri bilan uchrashdi.

Davlat tashrifi bilan Liviya poytaxti Tripolida bo’lgan Mavlud Chavushog’li Mitiga aeroportida Liviya milliy hukumati tashqi ishlar vaziri Muhammad Tohir Siyala tomonidan kutib olingan.

Mavlud Chavushog’li tashrifi chog’ida Liviya Oliy davlat kengashi rahbari Halid al-Mishri va Liviya milliy hukumati tashqi ishlar vaziri Muhammad Tohir Siyala bilan uchrashuv o’tkazdi.

Shu bilan birga, prezidentlik kengashi rahbari va milliy hukumat rahbari Fayiz as-Serraj tomonidan qabul qilindi.

Mavlud Chavushog’li bu haqda o’zining Tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning ma’lumotiga ko’ra, Mishri bilan bo’lgan uchrashuvda ikki davlat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish bo’yicha fikr almashilgan.

Shu bilan birga, uchrashuvda turk kompaniyalarining talab va takliflari tilga olingan hamda turk firmalarini Liviyaga jalb etish masalasi ko’rib chiqilgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Liviya , #Mavlud Chavushog’li

Aloqador xabarlar