Turkiya AQShning o‘z qo‘shinlarini Suriya hududidan olib chiqib ketishidan mamnun...

Mavlud Chavushog’li AQSh harbiylari Suriya hududlarini tark etish jarayonida o’zaro koordinatsiya muhim ekanligini va Suriyada bo’shliq yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik kerakligini ta’kidladi.

1111314
Turkiya AQShning o‘z qo‘shinlarini Suriya hududidan olib chiqib ketishidan mamnun...

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li AQShning o‘z qo‘shinlarini Suriya hududidan olib chiqib ketishidan mamnun ekanligini bildirdi.

Mavlud Chavushog’li AQSh harbiylari Suriya hududlarini tark etish jarayonida o’zaro koordinatsiya muhim ekanligini va Suriyada bo’shliq yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik kerakligini ta’kidladi.

Turkiya Suriyaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish tarafdori ekanligini tilga olgan Mavlud Chavushog’li: “Terror tashkiloti DEAShga qarshi uzoq yillar mobaynida kurashib kelyabmiz. Endilikda ushbu terror tashkilotini mag’lub etdik deb o’ylayman. AQSh harbiylarining Suriyani tark etishi jarayonida o’zaro koordinatsiya o’ta muhim”,-dedi.

“Boshqa terror tashkilotidan foydalangan holda DEAShni yo’q qilib bo’lmasligi haqida AQShni ogohlantirgan edik. Terror tashkilotlari YPG va PKK kabi unsurlarga Suriyani bo’sh tashlab qo’ymaslik kerak”,-deydi Mavlud Chavushog’li.

Bu jarayondan keyin Suriyada siyosiy muhitni o’rnatishga ahamiyat berish kerakligini ta’kidlagan Mavlud Chavushog’li: “2019 yilda Suriya uchun konstitutsiya komissiyasi tomonidan o’tkaziladigan yig’ilish mamlakatda siyosiy yechim uchun o’ta muhim”,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Suriya , #AQSh , #Mavlud Chavushog’li

Aloqador xabarlar