Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Anqarada rasmiy marosim bilan kutib olindi

Kecha kechki payt poytaxt Anqaraga tashrif buyurgan Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy rasmiy marosim bilan kutib olindi.

1110680
Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Anqarada rasmiy marosim bilan kutib olindi

Kecha kechki payt poytaxt Anqaraga tashrif buyurgan Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Eron Prezidentini Prezidentlik qarorgohining darvozasida turib qarshi oldi.  

Kutib olish marosimi ortidan Prezident Erdo'g’an bilan Hasan Ruhoniy yakkama-yakka alohida uchrashuv otkazar ekan ortidan Oliy darajali hamkorlik kengashi majlisida ishtirok etadi.

Shartnomalarga qo’l qo’yish marosimidan keyin Erdo’g’an bilan Ruhoniy mushtarak matbuot anjumani uyushtiradi.

Prezident Erdo'g’an mehmoni hurmatiga bag’ishlab rasmiy ziyofat ham beradi.

Ikkala lider mazkur ziyofat ortidan Chankaya ko’shkida o’tkaziladigan biznes forumida ishtirok etadi.

Marosimda Atrof-muhit va shaharsozlik vaziri Murod Kurum, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, G’aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak, Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank, Anqara gubernatori Vasip Shahin, Mudofaa sanoati rahbari Ismail Demir ham ishtirok etdi.   

 



Aloqador xabarlar