Mavlud Chavsuhog’li Nobel tinchlik mukofoti sovrindori Nadiya Murodni qabul qildi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavsuhog’li bilan Nadiya Murod o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda Iroq va Suriyadagi yazidiy xalqining muammolari muhokama qilindi.

1108466
Mavlud Chavsuhog’li Nobel tinchlik mukofoti sovrindori Nadiya Murodni qabul qildi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavsuhog’li 2018 yilda Nobel tinchlik mukofoti sovrindori bo’lgan Nadiya Murodni qabul qildi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavsuhog’li kecha 18-Doha forumida ishtirok etdi. U Qatarda bo’lib o’tgan forum doirasida 2018 yil-Nobel tinchlik mukofoti sovrindori Nadiya Murod bilan uchrashdi.

Mavlud Chavsuhog’li bu haqda o’zining Twitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

“2018 yil Nobel tinchlik mukofoti sovrindori, yazidiy faoli Nadiya Murod bilan uchrashib, yazidiy xalqining muammolarini muhokama qildik. Terror tashkiloti PKK/PYD va YPG jangarilari Iroq va Suriyadagi suryoniylar, kurdlar va boshqa millatlarga zulm o’tkazmoqda”,-deydi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavsuhog’li.

Mavlud Chavsuhog’li 18-Doha forumi doirasida o’tkazilgan uchrashuv va muzokaralarni yakunlab Qatardan jo’nab ketdi.

Nadiya Murod -25 yoshli iroqlik huquq himoyachisi bo‘lib, BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining yaxshi niyat elchisi bo’lib hisoblanadi.

U “Saxarov” nomidagi mukofot sovrindori. Ayni paytda, u 2016 yilda “Time” jurnali tomonidan ta’siri kuchli bo’lgan 100 nafar faol ayollar ro‘yxatiga kiritilgan. 

 



Aloqador xabarlar