Chavusho’g’li bilan Lavrov ikkala mamlakat o’rtasida davom etgan loyihalarni qo'lga oldi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li rossiyalik kasbdoshi Sergey Lavrov bilan Ozarbayjonda uchrashuv o’tkazdi.

1107185
Chavusho’g’li bilan Lavrov ikkala mamlakat o’rtasida davom etgan loyihalarni qo'lga oldi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li rossiyalik kasbdoshi Sergey Lavrov bilan Ozarbayjonda uchrashuv o’tkazdi.

Mevlut Chavusho’g’li Qora dengiz Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga borar ekan poytaxt Bokudagi yig’ilish ortidan Lavrov bilan uchrashuv o’tkazdi.

Matbuotga yopiq ravishda o’tkazilgan yig’ilish ortidan jurnalistlarga bayonot bergan Mevlut Chavusho’g’li rossiyalik kasbdoshi bilan ikkala mamlakat o’rtasida davom etgan loyihalarni, bosqichma-bosqich hal qilinayotgan vizasiz rejim masalasini, konsullik masalalarini qo’lga olganliklarini qayd etdi.

Uchrashuv chog’ida Suriya masalasining ham kun tartibiga olib chiqilganligini belgilab o’tgan Chavusho’g’li, tez-tez uchrashuv o’tkazgan Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an va Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin qabul qilgan qarorlarning yo’lga qo’yilishini ko’rib chiqqanliklarini ma’lum qildi.  

Chavusho’g’li,

“Navbatdagi sammitning tayyorgarligini tezlik bilan boshlashimiz kerakligini muhokama qildik. Kerch bo’g’ozidagi muammoni yana bir bor baholadik. Ham ikkala mamlakatni, ham da mintaqamizni qiziqtirgan boshqa masalalarni samimiy ravishda birgalikda, do’stona ravishda qo’lga oldik” dedi.

Mevlut Chavusho’g’li jurnalistlarning, “Idlib masalasi bo’yicha yangi sammit o’tkazilishi kerakmi yo’qmi” degan savolga qarshi,

“Bitta sammit o’tkazishimiz kerak. Ortada g'ayrioddiy holat yo’q. Harbiy rasmiylar, razvedka tashkilotlari, Tashqi ishlar vazirliklari yaqin hamkorlik ichida faoliyat olib bormoqda” deya gapirdi.

Chavusho’g’li bilan Lavrov uchrashuvi haqida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ham bayonot berdi.

Mazkur bayonotda energetika tarmog’i va xalqaro kun tartibi masalalari asosida o’zaro hamkorlik bo’yicha masalalar qo’lga olinganligi qayd etilar ekan Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Kavkaz, Ukraina va Qora dengiz hududidagi vaziyat haqida fikr almashilganligi ilova etildi.  

Bayonotda shuningdek, Qora dengiz Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doxil xalqaro tashkilotlarda Rossiya va Turkiyaning muvaffaqiyatli va samarali ish olib borishida hal qiluvchi rol o’ynaganligiga e’tibor qaratilganligi ifoda etildi.

Uchrashuvda Suriya masalasining ham qo’lga olinganligi ta’kidlandi.

 

 



Aloqador xabarlar