Turk Qizioyi G'azoga dori-darmon yubordi...

Turk Qiziloyining G'azoga yuborgan dori-darmonlarini olib borgan TIR, Kerem Ebu Selim darvozasidan o'tdi.

1100114
Turk Qizioyi G'azoga dori-darmon yubordi...

Turk Qiziloyi Isroil qurshovidagi G'azoga yuborilgan dorilarni olib borgan TIR, shaharning janubidagi Kerem Ebu Selim darvozasidan o'tdi.

Kerem Ebu Salimdan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Turk Qiziloyi yuborgan dorilarni olib borgan TIR, kechki soatlarda G'azoga borib yetdi.

Turk Qiziloyi bosh rahbari Kerem Kinik boshchiligidayi bir hayat esa yordamlarni tarqatish maqsadida kecha G'azoga jo'nab ketgan edi. Hayat borib yetgandan keyin bayonot bergan Kinik, G'azoga yuborilgan dori-darmoning 8,5 tonna bo'lganini bildirgan edi.

G'azodagi Falastin Salomatlikni Saqlash vazirligi, bundan avval bergan bayonotida, shaharda salomatlik sektorining yomon vaziyatda bo'lgani haqida ogohlantirgan edi.

Turk Qiziloyi may oyida ham G'azoga dori-darmon va salomatlik ashyolari yuborgan edi.

 



Aloqador xabarlar